Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chada tarbiyalanuvchi kaltaklandi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.

Holat 25-iyul kuni tumandagi xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. 2021-yilda tug‘ilgan I.S. ismli qizga jarohat yetkazilgan. Ombudsman xabarida uni kim urganiga aniqlik kiritilmagan.

Qo‘shko‘pir tumani IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, qo‘shimcha axborot beriladi, deya ta’kidladi Surayyo Rahmonova.