UzAuto Motors tarixidagi so‘nggi Chevrolet Lacetti avtomobili Andijon viloyati Asaka shahridagi zavod konveyeridan chiqdi. Bu Gentra nomi bilan tanilgan, 2013-yildan beri ishlab chiqarilgan yangilangan modelning 487104-donasi bo‘ldi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Modelning o‘zini ishlab chiqarish 2008-yilda boshlangan.

Dastlab zavod avtomobilni yiliga 11 222 dona ishlab chiqargan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 89 565 taga yetgan.

“O‘tgan 10 yil davomida u ko‘plab avtomobil ixlosmandlari uchun ishonchli va qulay avtomobil bo‘lib, xalq avtomobiliga aylanib ulgurdi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya Lacetti “xalq qalbidan munosib o‘rin olganini” ta’kidlab, barcha mijozlar va hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi.

487104 raqami va “Alvido, Lacetti” yozuvi tushirilgan oxirgi qora avtomobil zavod xodimlarining olqishlari ostida konveyerdan chiqdi.

Video