25-iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi Shohimardon mahallasi hududida sel oqimlari kuzatildi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomg‘iri va do‘l yoqqan. Oqibatda “Qurqul” va “Bukan” sel yo‘lidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan xolda 1,5−2 m3/s sel oqimi oqib tushgan.

“Tosh” sel yo‘lida esa 4−5 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti binosini yerto‘lasi va hovlisi hamda 2 ta aholi hovli joylariga (O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 4 ta) qum-shag‘al kirgan. Yo‘l chetida turgan 2 ta avtomobilning atrof qismi qisman qum-shag‘al bilan qoplangan.

“Eng asosiysi, sel oqimlari oqibatida fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Hozirda maxsus texnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.