25-iyul kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarib qolindi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Tumanning Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida xonadon egasining 2023-yilda tug‘ilgan farzandi “ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli” hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqilib, hayotini saqlab qolingan.
FVV ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmasliklarini eslatdi.