Bir yilda nechta kitob o‘qiysiz? Kuningizning qancha qismini mutolaaga sarflaysiz? Xohlaganingizdan ko‘ra kam, to‘g‘rimi? Ish-tashvishning tugamasligi yoki shunchaki hafsala, xohish yo‘qligi bahona bunga. “Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etish, o‘quvchini ko‘p va xo‘b o‘qishga undash niyatida “Nima o‘qiymiz?” savoli bilan olim, tadqiqotchi, jamoat faoli, yozuvchi-shoir, tarjimon va boshqalarga yuzlanadi, ularning yil davomida o‘qigan yo o‘qilishi shart deb sanagan kitoblari tavsiyasini sizga yetkazadi. Maqsad juda oddiy — kitobxon bo‘laylik!

“Nima o‘qiymiz?” loyihasining bu galgi mehmoni — “Yangi O‘zbekiston” universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos va ogahiyshunos Hilola Nazirova.

Tavsiyalar bilan quyidagi video orqali yoki “Gazeta.uz”ning YouTube’dagi sahifasida to‘liq tanishish mumkin. Yaqin vaqt ichida tavsiyalarning matn talqini ham taqdim etiladi.