27-iyul sanasidan boshlab Fransiya poytaxti Parijda yozgi Olimpiya o‘yinlariga rasman start berildi. Shanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi. “Gazeta.uz” kun taqvimi haqida ma’lumot beradi.

Xususan, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da o‘zbekistonliklar erkaklar va ayollar o‘rtasida dzyudo bahslariga kirishadi. Kechga yaqin velosport, shuningdek, ayollar o‘rtasida boks musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Eng ahamiyatlisi, 20:00 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Bu ilk uchrashuvida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar uchun so‘nggi umid bo‘lishi mumkin. Quyida 27-iyul kuni ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati:

Dzyudo

-60 kg: Doston Ruziyev (O‘zbekiston) — Dilshod Xalmatov (Ukraina). 1/32 bosqich. 13:00

-48 kg: Xalimajon Qurbonova (O‘zbekiston) — Leyla Aliyeva (Ozarbayjon). 1/32 bosqich. 13:00

Veloshosse (individual vaqt uchun)

Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston). 17:30.

Boks

-54 kg: Nigina O‘ktamova (O‘zbekiston) — Yomna Ayad (Misr). 1/32 bosqich. 18:30

Futbol

C guruhi: O‘zbekiston — Misr. 20:00.