Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining 2-kuni dzyudo bahslarida -52 kg vazn toifasida kurash boshlagan Diyora Keldiyorova uchun omadli keldi. U birinchi davradan erkin o‘tgan bo‘lsa ham keyingi bosqichda amaldagi jahon chempioni, Tokio Olimpiadasi chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi tatamiga chiqdi.

Ikki kuchli sportchiga bahsning dastlabki daqiqalarida palapartish harakat uchun ogohlantirish — shido berildi. Oradan ko‘p o‘tmay Keldiyorovaga yana bir ogohlantirish berildi. Undan so‘ng Yuta Abe vazari hisobiga 1 ochko oldi. O‘yin tugashicha salkam 1 daqiqa qolganda Diyora Keldiyorova azaliy raqibini ippon hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Bu orqali u Yutaning 5 yillik to‘xtovsiz g‘alabasiga chek qo‘ydi.

Uchrashuv yakunlangach, Abe Uta ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Shuning bilan yaponiyalik favorit Parijdagi musobaqalardan chiqib ketdi.

Diyora Keldiyorova chorak finalda germaniyalik Massha Ballhausga qarshi tatamida ham g‘olib bo‘lib, yarim finalga yo‘l oldi. Medalgacha bo‘lgan bahsda germaniyalik Massha 3 ta ogohlantish olib, o‘zbekistonlik raqibiga yutqazdi.

-52 kg toifasida yarim finalchilar janggi kechki soat 19:00dan so‘ng tart oladi. O‘yinni Sport telekanali orqali kuzatish mumkin.

dzyudo, диёра keldiёроva

Abe Uta bilan bahsdan fotolavha

dzyudo, диёра keldiёроva

dzyudo, диёра keldiёроva

dzyudo, диёра keldiёроva

dzyudo, диёра keldiёроva

dzyudo, диёра keldiёроva

Diyora Keldiyorova va Uta Abening 2023-yildagi to‘qnashuvi

Diyora Uta bilan avval ham bir necha bor to‘qnash kelgan, biroq, ayrim bahslarda yaponiyalik sportchi ustun kelgan. Xususan, 2023-yil Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida ilk bor sovrindor bo‘lgan ayol dzyudochi bo‘lgan. O‘shanda u finalda Utaga mahlub bo‘lib, kumush medal olgandi.