28-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Tursunali Mamajonov 1949-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari, Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori, faxriy ekolog bo‘lgan.

Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar ko‘rsatib kelgan. 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.