“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Amaldagi jadval (ertalab jo‘nash vaqti):

  • Toshkent — Qarshi: 7:24
  • Toshkent — Samarqand: 7:47
  • Toshkent — Buxoro: 8:23
  • Toshkent — Buxoro: 8:50

Taklif etilayotgan jadval (ertalab jo‘nash vaqti):

  • Toshkent — Qarshi: 6:24.
  • Toshkent — Samarqand: 6:47.
  • Toshkent — Buxoro: 7:23.
  • Toshkent — Buxoro: 7:50.

Yo‘lovchilar mazkur o‘zgartirish bo‘yicha ushbu havola orqali o‘z munosabatlarini bildirishi mumkin.

“Biz doimiy ravishda O‘zbekistondagi yo‘lovchi poyezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda turizmni yanada rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshirilgan. Kompaniya narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohlagan.