Chorvoq suv ombori sohilidagi Bog‘iston qishlog‘i, toza tog‘ suvili va soya beruvchi yong‘oq daraxtlari bo‘lgan ko‘llar, shayx Umar Vali maqbarasiga eltuvchi yo‘llar chiqindixonaga aylanmoqda.

Bu yerda ichki turizm muhim daromad manbai hisoblanadi. Bog‘istonga qancha ko‘p sayyohlar ta’tilga kelsa, mahalliy aholining daromadi shunchalik yaxshi, atrof-muhit uchun esa shunchalik yomon. Mahalliy aholi o‘z maishiy chiqindilari bilan ovora, sayyohlar oqimi esa muammoni yanada kuchaytiradi.

Bog‘iston ko‘chalarida chiqindi qutilari, tashkillashtirilgan chiqindixona yo‘q. Odamlar chiqindilar muammosini o‘zlari hal qilishga odatlangan. Ba’zilar ularni boshqa aholi punktlaridagi chiqindixonalarga olib ketishadi, boshqalari esa tabiatga tashlab ketishadi.

Bir necha yil oldin bu yerga chiqindi tashuvchi mashinalar keladi va qishloq toza bo‘ladi, degan umid bor edi. Biroq, aholining so‘zlariga ko‘ra, bu yil mashina faqatgina ikki marta kelgan va chiqindi qoplarini faqat katta ko‘cha bo‘ylab yig‘gan. U hatto maqbaraga ham bormagan.

Chiqindi mashinasining kelishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Odamlar ko‘chaga chiqindi qoplarini qo‘yishadi va ular bir necha hafta davomida o‘sha yerda yotadi, hayvonlar esa ularni yirtib, olib ketadi. Eng mas’uliyatli qishloq aholisi esa chiqindilarni eng yaqin shaharga olib borib tashlab keladi.

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

Darhaqiqat, butun qishloq o‘z-o‘zidan shakllanadigan chiqindixonaga aylanmoqda. Har qadamda siz chiqindiga duch kelasiz. Dam oluvchilar suv ombori qirg‘og‘iga ovqat qoldiqlari, polietilen paketlari va shishalarni tashlab ketishadi. Hatto dam olish joyida spirtli ichimliklar shishalarini ham sindirishadi. O‘tkinchi mashinalardan yo‘l chetiga chiqindilar uchib chiqadi.

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

Stadion va sport maydonchasi atrofida har doim iflos. Ba’zan bu chiqindi yig‘iladi va yoqib yuboriladi.

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

Qishloq aholisi ushbu chiqindilar uchun mehmonlarni ayblaydi, lekin o‘zlari sayyohlardan qolishmaydi. Turistlar bormaydigan tog‘larda ham butilkalar, qoplar, uy-ro‘zg‘or chiqindilari yotadi.

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

Tog‘ daryosidagi hojatxona ham tashrif buyuruvchilar tomonidan qurilmagan. Suv chiqindi joyiga quyiladi va undan suv omboriga oqib tushadigan daryoga qayta oqib chiqadi.

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

Chorvoq tepasidagi Nanay qishlog‘iga olib boruvchi yo‘ldagi jarlik chiqindiga, jumladan, hojatxona qog‘oziga to‘lib ketgan. Bular ham oxir oqibat Chorvoqqa borib qo‘shiladi.боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

боғистон, фото, chiqindi, чорвоқ suv ombori

Chiqindilarni tashish mashinalari muntazam kelgan davrda ham ko‘chalar va qirg‘oq juda iflos edi. Sababi chiqishi qutilari yetishmasligi, atrof-muhitga oid bilimlarning pastligidir.

Bu mahalliy aholi chiqindi bilan shug‘ullanishga urinmaydi, degani emas: vaqti-vaqti bilan ular ko‘chalarni tozalab turadi. Lekin bu yetarli emas. Chorvoq suv ombori ekspluatatsiya bo‘limi qirg‘oqni toza saqlashga harakat qilmoqda, biroq chiqindi tozalangandan ko‘ra tezroq to‘planib qoladi.

Agar shunday davom etsa, Bog‘iston sayyohlik jozibadorligini yo‘qotadi va bu yerdagi tabiatga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkaziladi.

Bog‘iston va shunga o‘xshash qishloqlarga qanday yordam berish kerak?

Bizga barqaror chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish tizimi kerak. Tozalash faollar uchun bir martalik tadbir bo‘lmasligi kerak.

Chiqindilarni tashish mashinalari qishloq bo‘ylab muntazam ravishda, jadvalga muvofiq harakatlanishi kerak.

Buning uchun budjet ajratgan holda, chiqindi qutilarini o‘rnatish va to‘liq shtatda tozalovchilarni yollash kerak. Sayyohlik mavsumda qo‘shimcha ishchilarni yollash mumkin.

Aholi organik chiqindilarni kompost qilish, parchalanmaydigan chiqindilarni chiqindi mashinasi kelguniga qadar uyda yoki umumiy idishda saqlashi kerak bo‘ladi.

Aholi bilan — bolalar va kattalar bilan ishlash juda zarur. Maktabda ekologiya darslari bolalarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, kundalik hayotdan misollar va amaliy vazifalarni bajarishga o‘rgatishi kerak.

Qishloq mehmonlari tabiatni ifloslantirish mumkin emasligini bilishi kerak. Bunda axborot plakatlari, chiqindi qutilari va jarimalar yordam beradi.

Mahalla qo‘mitasi xodimlari ekologik savodxonlikka ega бўлиши va o‘z ona qishlog‘i tabiatini asrab-avaylashdan shaxsan manfaatdor bo‘lishi, tegishli tashkilot va idoralar bilan faol hamkorlik qilishi shart.

Tozalikni saqlash universal qoida bo‘lishi kerak.

Chiqindiga nisbatan murosasizlikni o‘rgatish ustida ishlash kerak. Bu muammoni faqat jamoaviy sa’y-harakatlar bilan hal qilish mumkin.

Yevgeniya Mo‘minova to‘qqizinchi yozni Bog‘istonda o‘tkazmoqda. U muntazam ravishda mahalliy yo‘llar va so‘qmoqlar bo‘ylab sayr qiladi va mahalliy aholi va qishloq muammolarini juda yaxshi biladi.