Iqtisodiyot

dayjest

“Toshkent issiqlik markazi"ning 2,5 mlrd so‘mlik daromadi asossiz ekani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent issiqlik markazi” 2023-yilda me’yordan 4,7 mln metr kub ortiqcha suv sarflab, bu orqali 2,5 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olganini aniqladi. TIMga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va ushbu mablag‘ni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Jamiyat

dayjest

Changimiz DNKsi. O‘zbekistonda havo ifloslanishining asl sababi nima?

O‘zbekistonda havo ifloslanishi haqida gap ketsa, ko‘pincha “chang” eslanadi. U haqiqiy muammoni xaspo‘shlashning qulay vositasiga aylangan. Havo ifloslanishida changning roli qanday, 2021-yil noyabrida Toshkent nima uchun changga ko‘mildi va muammoni qanday hal qilish mumkin? “Gazeta.uz” javob izlaydi.


dayjest

OTMlarda 2024/25-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi. Qiymat o‘tgan o‘quv yiliga qaraganda 15 foizga oshirilgan.


dayjest

1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Futzal muxlislariga poyezd uchun chegirma beriladi, avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yo‘li bilan beriladi, tibbiyot chiqindilari issiqlik energiyasi uchun ishlatiladi — 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

Hafta o‘rtasidan harorat ko‘tariladi

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekistonda havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda. Hafta o‘rtasidan esa harorat 2−3 darajaga ko‘tariladi.


dayjest

Chorvoq sohilidagi Bog‘iston qishlog‘i chiqindiga to‘ldi: yordam kerak (foto)

Chorvoq suv ombori sohilidagi Shayx Umar Valiy maqbarasi ziyoratgohi joylashgan go‘zal Bog‘iston qishlog‘i chiqindixonaga aylanmoqda. Yevgeniya Mo‘minova achinarli vaziyat haqida gapirib, bu joy sayyohlar va tabiiy go‘zallikni yo‘qotmasdan oldin muammoni hal qilish yo‘llarini taklif qildi.


dayjest

“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovini bir soat oldinga o‘zgartirish taklif etilmoqda

“Afrosiyob” elektrpoyezdlarining ertalabki qatnovini 1 soat oldin boshlash taklif qilinmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohladi. Yo‘lovchilar mazkur o‘zgartirish bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirishi mumkin.


dayjest

Samarqandda Labo urib yuborgan 9 yoshli velosipedchi vafot etdi

Samarqand shahrida Labo haydovchisi 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.


dayjest

Samarqandda 49 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda 49 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. U ikki kishini Angliyaga ishga yuborishi uchun olgan 4,5 ming dollarning bir qismini qaytarayotganida qo‘lga tushdi.


dayjest

Sirdaryoda 21 tup daraxt kesganlar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sayxunobod tumanida 21 tup qayrag‘och daraxtini kesib, ularni sotgan uch kishi 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qolaversa, 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar undirishi belgilandi.


dayjest

“O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabrikladi. U jahonda ishonch inqirozi hukm surayotganini, mamlakatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni “buzg‘unchi yot g‘oya va oqimlar"dan asrash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish talab etilayotganini alohida ta’kidladi.


dayjest

O‘zbekistonning barcha shaharlari uchun ekologik master-plan ishlab chiqiladi. U nima o‘zi?

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi shaharlarning ekologik barqarorligini yaxshilash bo‘yicha hokimliklar uchun qo‘llanma ishlab chiqdi. Sinov versiyalari Samarqand va Buxoro shaharlari uchun tayyorlangan. Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar prezidentga ham taqdim etilgan.


Sport

dayjest

“O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish mening missiyam” — Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasi haqida

Parij olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorova g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U oltin medali O‘zbekistonda ayol sportchilarga katta yo‘l ochishiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi ayollar hayotini o‘zgartirish uning missiyasi ekanini ta’kidladi.


dayjest

Parij-2024: 29-iyul kuni o‘zbekistonliklarni qanday musobaqalar kutmoqda?

Dushanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qilichboz Zaynab Dayibekova, dzyudochilar Murodjon Yo‘ldoshev va Shukurjon Aminova, akademik eshkak eshuvchi Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev bahslarga kirishadi. Bokschilar Ruslan Abdullayev va Bahodir Jalolovni ham janglar kutmoqda.


dayjest

Prezident dzyudochi Diyora Keldiyorovani Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dzyudochi Diyora Keldiyorovaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Sportchi o‘zining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!