Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

To‘lovlar miqdori bakalavriat va magistraturada ta’lim yo‘nalishlari va shakllariga (kunduzgi, sirtqi va kechki) bog‘liq. Bu bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdori hisoblanadi.

Kontrakt summalari quyidagicha:

talabalar, to‘lov-kontrakt

talabalar, to‘lov-kontrakt

Stipendiyali to‘lov-kontrakt miqdori amaldagi stipendiya miqdorini 12 oyga ko‘paytirilgan holda qo‘shib hisoblanadi. O‘quv yili davomida stipendiya miqdori oshirilganda, bir talabani stipendiyali o‘qitish qiymati miqdori stipendiyaning yangi miqdoridan kelib chiqib, o‘quv yili oxirigacha oshiriladi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliygohlari belgilangan tartibga muvofiq mazkur o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.

O‘tgan o‘quv yili uchun respublika davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan solishtirilsa, to‘lov summalari o‘rtacha yaxlitlangan holda, 15 foizga oshirilgani ma’lum bo‘ladi.

Prezidentning budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga doir farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi. Baholari “3” dan past bo‘lgan yuqori kurs talabalariga kredit miqdori kamaytiriladi.