29-iyul, dushanba kuni Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi. “Gazeta.uz” kun taqvimi haqida ma’lumot beradi.

Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da dzyudochilar Murodjon Yo‘ldoshev va Shukurjon Aminova musobaqaga tushadi. So‘ngra qilichbozlik bo‘yicha Zaynab Dayibekova, suzishda Ilya Sibirsev hamda akademik eshkak eshishda Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyevlar bellashadi. Shuningdek, bokschilar Ruslan Abdullayev va Bahodir Jalolovni ham janglar kutmoqda.

Quyida 29-iyul kuni ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati:

Dzyudo

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) — Daniyar Shamshayev (Qozog‘iston) — 13:00.

-57 kg: Shukurjon Aminova (O‘zbekiston) — Dabonne Zuleyha Abzetta (Kot-d'Ivuar) — 13:00.

Akademik eshkak eshish

Yengil vaznli juftlik: Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev — 13:40.

Qilichbozlik

Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston) — Yun Jisu (Janubiy Koreya) — 13:50.

Suzish

800 metrga erkin usulda: Ilya Sibirsev — 14:30.

Boks

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev (O‘zbekiston) — Martinez Ramirez Migel Anxel (Meksika) — 15:05.

+92 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) — Shixa Umar (Norvegiya) — 20:05.