Dushanba va seshanba O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet agentligi.

Kunduzgi havo harorati +34…+38 daraja atrofida, faqat janubda ba’zi joylarda +41…+44 darajagacha bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasidan oxirigacha harorat foni 2−3 darajaga ko‘tariladi. Hududning katta qismida kunduz kunlari havo +39…+41 darajagacha isiydi.

Shamol 7−12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi, 29−31-iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20−23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10−12 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari +22…+25, kunduz kunlari 29−30-iyulda +36…+38, 31-iyul va 1−2-avgustda +38…+41 daraja bo‘ladi.