Har yili 1−7-avgust kunlari Butunjahon emizish haftaligi nishonlanadi. Uning maqsadi ko‘krak suti bilan boqishning foydalari va amaliyotlari to‘g‘risida ma’lumot tarqatish va onalarni bolalarini tug‘ilganidan kamida olti oylik bo‘lguniga qadar hech qanday qo‘shimcha oziqlantirishsiz, faqat ko‘krak suti bilan boqishga undashdan iborat.

O‘zbekistonda sut o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish qonun hujjatlarida taqiqlanganiga qaramay, aralashmalar reklamasi va ularni internetda targ‘ib qilish davom etmoqda, bu esa ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga bo‘lgan talabni sun’iy ravishda oshirishga xizmat qilmoqda.

Strategik islohotlar agentligining Natijaga erishish idorasi (Delivery Unit) tashabbusi bilan ona suti bilan boqishning afzalliklari haqida axborot kampaniyasi o‘tkazildi.

Aksiya chaqaloq va ona uchun ko‘krak suti bilan boqishning foydalari haqidagi bilimlarni oshirish, yangi ota-onalarni emizishni boshlash va davom ettirishga rag‘batlantirish hamda muvaffaqiyatli emizish uchun resurslardan foydalanish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan.

Bannerlardagi iboraning davomi.Bannerlardagi iboraning davomi.

Axborot kampaniyasining maqsadli auditoriyasi yosh ota-onalar bo‘lgani sababli uning elementlaridan biri “Onasini emsin — bu so‘kinish emas, shifokorlar tavsiyasi” so‘zlari yozilgan tizer bannerlari bo‘ldi. “Onasini emsin” iborasi, boshqa ma’nolarni ham beradi, masalan: “Bola onasini emsin, hech bo’lmasa 6 oy, qo’shimchalarsiz”.

“Maqsad — aslida ma’nosi yaxshi bo‘lgan, ammo jamoatchilik ichida haqorat sifatida ishlatiladigan iborani o‘zining asl ma’nosiga qaytarish va ona suti bilan boqishni targ‘ib qilish”, — deyiladi Delivery Unit xabarida.

Bannerlar tarqatilgan paytdan boshlab 24 soatdan kamroq vaqt ichida kampaniya, idora hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliondan ortiq faol auditoriyani qamrab oldi.

емизиш, натижага erishish idorasi

Axborot kampaniyasi doirasida 1−7-avgust kunlari yosh auditoriya e’tiborini jalb qilish maqsadida ijodiy tadbirlar ham o‘tkaziladi:

  • ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa videolar: onalar uchun ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar va shifokorlar ishtirokida tayyorlangan ko‘rsatmalar;
  • mijozlar e’tiborini emizish foydalariga qaratish uchun chakana savdo do‘konlaridagi javonlarda reklama;
  • tibbiyot muassasalarida tashviqot ishlarini olib borish;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ultratovush tekshiruvi xonalarida “bolaning ota-onalarga murojaati” tashkil etiladi, unda bola ota-onasidan uni ona suti bilan boqishni so‘raydi.

Ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha maslahatchi ayollar malakasini oshirish ham o‘tkazildi va emizish bo‘yicha ishonch telefoni tashkil etildi. Yangi tug‘ilgan onalar o‘zbek va rus tillarida emizish bo‘yicha savollarga javob va ko‘rsatmalar olishlari mumkin. Maslahat markazining telefon raqami: +998−55−517−10−03.

JSST va YUNICEFning 1990-yilda qabul qilingan deklaratsiyasi asosida har yili 1−7-avgust kunlari 150 dan ortiq mamlakatlarda emizishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha axborot kampaniyasi o‘tkaziladi.

Infografika

емизиш, натижага erishish idorasiемизиш, натижага erishish idorasi