Xorazm viloyati Urganch tumani 2 mln 446 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlaganlikda gumonlangan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Urganch tumanidagi “V.B.” fermer xo‘jaligi rahbari B.R. xo‘jalikka tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, 2 mlrd 203 mln so‘mlik 2 mln 446 ming kVt/soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Holat yuzasidan “V.B.” fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.