“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator muhim chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Buning natijasida hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi farovonligini oshirishga erishilmoqda. Moliya muassasasi tomonidan o‘tkazilayotgan navbatdagi aksiya ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Yangi ish o‘rinlari yarating va bank xizmatidan bepul foydalaning” aksiyasi e’lon qilingan edi. Mazkur aksiya 2024-yil 15-mayidan 2025-yil 15-mayiga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkaziladi.

Tadbirkorlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab debet aylanmadan bepul foydalanish muddati ham ko‘payib boraveradi. Shu jumladan:

  • 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratganda — 3 oygacha;
  • 6 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratganda — 6 oygacha;
  • 10 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratganda — 10 oygacha;
  • 15 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratganda — 12 oygacha.

Aksiyada qatnashib, ham biznesni kengaytirish, ham imtiyozlarga ega bo‘lish mumkin.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Savollar bo‘yicha 1287 telefoniga murojaat qilib, bank mutaxassislaridan atroflicha tushuntirish olsa bo‘ladi.

Sayt: trustbank.uz
Facebook: fb.com/trustbank.uz
Instagram: @trustbank_uz
Telegram: t.me/trustbankuz

Reklama huquqlari asosida.