Akiko Fujii BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi, deya xabar qilmoqda BMTTDning mamlakatdagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

Yangi idora rahbari BMTTDda 25 yildan ortiq tajribaga ega va butun dunyoda turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekistonga tayinlanishidan oldin u Maldiv orollaridagi doimiy vakil hamda Vetnamda, Fijidagi ko‘p davlat idorasida (o‘z ichiga Fiji, Mikroneziya Federativ Davlatlari, Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu va Vanuatu davlatlarini oladi) va Yamaykada doimiy vakil o‘rinbosari bo‘lgan. Uning BMTTDdagi faoliyati Sudan, Tokio va Pokistonda ham muhim lavozimlarni o‘zi ichiga oladi.

Akiko Fujii yetakchi rahbar sifatida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda, inqirozli va ziddiyatli vaziyatlarda keng ko‘lamli gumanitar yordamni boshqarishda, barcha uchun adolatli va barqaror inson taraqqiyotiga erishish uchun boshqaruv tizimlari bo‘yicha maslahat berishda faol ishtirok etgan.

BMTTDdagi faoliyatidan oldin u taraqqiyot tashkilotlarida, jumladan, Venadagi (Avstriya) BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) va Kioto (Yaponiya) shahridagi jamoatchilikni rivojlantirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlagan.

U Sasseks universitetida (Buyuk Britaniya) gender va rivojlanish, Kioto universitetida inson va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.