31-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanidagi madaniyat va istiroxat bog‘ida attroksiondan fuqarolar tushib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Tuman hokimligining ma’lum qilishicha, holat 30-iyul kuni sodir bo‘lgan. Attraksionni boshqarish davomida texnik nosozlik sabab u daraxt shoxiga urilgan.

Oqibatda 3 kishi yengil tan jaroxat olgan. 1 nafar fuqaro oyoq son suyagi sinishi bilan tez yordam bo‘limiga olib borilgan.

“Bemorlarga tez yordam ko‘rsatilgan va o‘sha kunni o‘zida barchalariga javob berilgan. Ayni damda Reanimatsiya bo‘limida og‘ir ahvolda ekan deb aytilgan xabarlar asossiz”, — deyiladi xabarda.

Canoat xavfsizligi qo‘mitasining bildirishicha, “Yettinchi osmon” nomli mazkur attraksion o‘zboshimchalik bilan o‘rantilgan. Qo‘mitaga ko‘ra, uni ishga tushirish uchun attraksionlardan foydalanish bo‘yicha ruxsatnoma arizasi bilan murojaat etilmagan va ruxsat berilmagan.

Holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.