Texnologiyalar va raqamli platformalarning rivojlanishi bilan ko‘chmas mulk sotib olish osonroq va qulayroq bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston bozorida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va Markaziy Osiyodagi yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib kelayotgan Qozog‘istonning BI Group developerlik kompaniyasi o‘z mijozlariga unikal imkoniyatni taklif qildi. Endi BI Group kompaniyasidan shinam uy-joylarni butunlay onlayn tarzda xarid qilish mumkin.

Qayerda ekaningiz umuman muhim emas — internetga kirish imkoniyatingiz bo‘lsa yetarli.

Ushbu unikal opsiya bir qator afzalliklarga ega:

  • dunyoning istalgan nuqtasidan muloqotga kirishish: endi kompaniya ofisiga kelishning hojati yo‘q;
  • jarayonning soddaligi: kompaniyaning shaxsiy BIG App mobil ilovasi orqali kvartira sotib olish mumkin bo‘ladi;
  • monitoringning osonligi: qurilish jarayonini ilovada bevosita onlayn kuzatish mumkin;
  • to‘lovning qulayligi: kvartira sotib olish jarayonidagi to‘lovni PayMe ilovasi orqali qo‘shimcha komissiyasiz amalga oshirish mumkin.

Mamlakatlaridan uzoqda bo‘lgan xaridorlar BI Group`da ko‘chmas mulkni onlayn xarid qilish qulayligi va osonligiga baho berdi:

“Bugungi kunda kompaniyamiz o‘z oldi-sotdi shartnomalarini muvaffaqiyatli rasmiylashtirish ishlarini nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirmoqda, balki hozir Kanada va AQShda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham bizdan ko‘chmas mulk sotib oladi”, — dedi BI Group Tashkent sotuv departamenti direktori Madiyar Ibraimxanov.

O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan yuqori sifatli xizmat kvartira sotib olish jarayonini ancha soddalashtirib, vaqt va mablag‘ni tejashga yordam beradi.

Sayt: bi.group

Reklama huquqlari asosida.