Siyosat
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi
Prezident 7−8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xalqaro islom akademiyasi professori Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Iqtisodiyot
OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi. Pullar mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo‘naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Gugurt ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning mahsulotlari sifatsizligi aniqlandi
O‘zbekistondagi do‘konlarda sotilayotgan beshta savdo belgisining gugurt mahsulotlari sifat standarti talablariga nomuvofiq ekani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasining yozishicha, ularning qutilariga me’yordan kam gugurt cho‘pi solinadi. Ularga nisbatan chora ko‘riladi.
Jamiyat
31-iyuldan 5-avgustgacha elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin
Yangi HET Billing elektr energiyasini hisoblash tizimining ishga tushirilishi sababli 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust 22:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar qildi “HET”. Bu vaqt ichida elektr uchun to‘lovlarda uzilishlar bo‘lishi mumkin va qarzdor iste’molchilar ta’minotidan uzilmaydi.
Nukusdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
22-avgustdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga Nukus shahridan temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd haftada uch marta harakatlanadi, qatnov salkam 21 soatni tashkil qiladi.
Do‘konlarda sotilayotgan 8 ta oziq-ovqat mahsuloti amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topildi
Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi do‘konlardan nazorat uchun sotib olingan 8 nomdagisi oziq-ovqat mahsulotini laboratoriya sinovlari amaldagi hujjatlarga nomuvofiq deb topganini ma’lum qildi.
Namanganda attraksion daraxtga urilishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
Chust tumanidagi istiroxat bog‘ida attroksion texnik nosozlik sabab daraxt shoxiga urildi. Oqibatda 3 kishi yengil jaroxat oldi, 1 kishining oyog‘i sindi.
Sport
Parij-2024: 31-iyul kuni musobaqalarga kirishadigan o‘zbekistonliklar va ularning raqiblari (ro‘yxat)
Parij Olimpiadasining 5-kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi medal uchun kurashni boshlaydi. Dzyudochi Gulnoza Matniyozova va Davlat Bobonov nimchorak final uchun bellashadi. Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev boks, Amirxon Sadikov va Ziyodaxon Abdusattorova esa kamondan otish bahsida qatnashadi.
“Biz bundan ham ko‘piga loyiq edik va kuchimiz yetardi”. Timur Kapadze Olimpiadadagi ishtirok yakunlarini sarhisob qildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Olimpiadadagi natijalarni sarhisob qildi. Uning aytishicha, jamoa raqiblarini mag‘lub etishi uchun kuchi yetardi, ammo “qayerdadir omad, qayerdadir mahorat, tajriba yetishmadi”. Turnir katta tajriba berdi va jamoani kuchliroq qildi, dedi u.
“Uning o‘rnida bo‘lganimda men ham yig‘lardim”. Diyora Keldiyorova — Uta Abening mag‘lubiyatdan keyingi reaksiyasi haqida
Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova so‘nggi 5 yil ichida ilk bor mag‘lub bo‘lgan raqibi Uta Abening o‘rnida o‘zi ham yig‘lagan bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dzyudochilar Olimpiadaga chiqish va g‘alaba qozonish uchun katta kuch sarflaydi, ertalabdan kechgacha mashq qiladi, shaxsiy hayotini unutadi.
“Bu O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun zo‘r jang bo‘ladi”. Hasanboy Do‘smatov — chorak finaldagi jangi oldidan
Parij Olimpiadasining 1/8 finaliga yetib kelgan bokschi Hasanboy Do‘smatov 3-avgustda qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga chiqadi. 31 yoshli Do‘smatov raqibi bilan tanish ekani, u bilan ringda ko‘p to‘qnash kelganini aytdi. Kim kuchli, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha yutadi, dedi sportchi.
Jahon
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirildi
Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya va uning qo‘riqchisi ularga qilingan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Haniya Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashishi uchun Tehronga kelgandi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!