7−8-avgust kunlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 2021-yilning dekabr va 2017-yilning mart oylarida davlat tashrifi bilan Ostonada bo‘lgandi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev esa 2022-yilning dekabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan.

9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Birinchi marotaba bunday uchrashuv 2018-yilning mart oyida Ostonada bo‘lgan. Mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan.