Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga yangi poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Mangistauga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar 22-avgustdan boshlanadi. Poyezd haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari Nukusdan soat 20:16 da jo‘naydi va Mangistau soat 17:14 da yetib boradi.

23-avgust sanasidan haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari poyezd Mangistaudan 18:54 da harakatlanadi va Nukusga 15:22 da yetib keladi.

Oraliq masofa salkam 21 soatni (20:58) tashkil etadi. Chipta turlari va narxlari:

  • Umumiy — 420 010 ming so‘m;
  • Plastkart — 536 170 ming so‘m;
  • Kupe — 908 840 ming so‘m.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin. Chiptalar chiptaxonalari, elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilinadi.