31-iyul, Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston sportchilari eshkak eshish, boks, dzyudo va kamondan otish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etdi.

Shu kuni birinchi bo‘lib akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyevlar chiqish qildi, ular avvalroq saralash bahslarida o‘z guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallagan, biroq yarim finalga chiqish uchun bu yetarli emas, uning uchun kuchli uchlikdan joy olish kerak.

Ular medal uchun imkoniyatni boy berishdi, ammo o‘rinlarini aniqlvb olish uchun kurash olib blrishdi. O‘zbekiston vakillari 6:31:33 hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich bilan eshkak eshuvchilar Olimpiadani 15-o‘rinda yakunladi.

boks, dzyudo, olimpiya o‘yinlari, parij 2024

Osiyo chempioni, aralash terma jamoa bahslarida jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari sovrindori 29 yoshli Gulnoza Matniyazova (-70 kg) 1/16 finalda KXDR vakili Mun Sun Xini (10:0) mag‘lubiyatga uchratdi, ammo keyingi bosqichda jahon chempionati bronza medali sovrindori yaponiyalik Saki Niizoyega imkoniyatni boy berdi (0:10). Shu tariqa u Olimpiadani medalsiz yakunladi.

boks, dzyudo, olimpiya o‘yinlari, parij 2024

Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Davlat Bobonov 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 1/16 finalda 2019-yilgi jahon chempioni, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan rossiyalik dzyudochi Aram Grigoryanga imkoniyatni boy berdi (0:10).

24 yoshli Abdumalik Xalokov 2023-yilda jahon chempioni, 2018-yilda Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati va o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi. U kattalar olimpiadasidagi debyutini -57 kg vazn toifasida 1/8 finalda shvetsiyalik 23 yoshli Nebil Ibrohimga qarshi o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik bokschi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi (jang videosi). Sportchi 3-avgust kuni bo‘ladigan chorak finalga yo‘l oldi, raqib 26 yoshli ispaniyalik Xose Quilles bo‘ladi.

boks, dzyudo, olimpiya o‘yinlari, parij 2024

20 yoshli kamonchi Amirxon Sodiqov 1/32 finalda argentinalik Mario Damian Jajarabillani 6:2 hisobida yengdi. Sodiqov keyingi bosqichda 2012-yilgi Olimpiada chempioni italiyalik Mauro Nespolini mag‘lub etishga yaqin qolgandi, ammo yakunda 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

boks, dzyudo, olimpiya o‘yinlari, parij 2024

Kamonchi Ziyodaxon Abdusattorova esa 1/32 finalda chexiyalik Mari Horachkovaga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston uchun Olimpiya o‘yinlarining 5-kuni Osiyo chempionati bronza medali sohibi va jahon chempioni, 23 yoshli bokschi Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev ishtiroki bilan yakunlandi. U 1/8 finalda Afrika saralash turniri g‘olibi 24 yoshli Omar Elavadyni mag‘lub etdi — 5:0.

O‘zbekistonlik bokschi 3-avgust kuni chorak finalda Daniya vakili, 2023-yilgi Yevropa o‘yinlari va yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi 23 yoshli arman bokschi Nikolay Terteryan bilan yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.