31-iyul kuni Parij Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi yana 4 ta sport turi: kamondan otish, boks, dzyudo, akademik eshkak eshishda o‘z kuchini sinab ko‘radi.

Soat 12:30 dan so‘ng yengil vaznli akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev juftligi “S” guruhida o‘rinlar uchun bahsga kirishadi. Ular avvalroq saralash bosqichida o‘z guruhida 5-bo‘lib marraga yetib kelgandi. Ma’lumot uchun, faqat kuchli uchlikka kirgan juftliklargina medallar uchun kurashni davom ettiradi.

13:00 dan so‘ng dzyudochi Gulnoza Matniyozova (-70 kg) 1/32 bosqichda Shimoliy Koreyalik Mun Song Huiga qarshi tatamiga chiqadi.

Undan so‘ng Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) BAA vakili Grigorian Aram bilan bellashadi. G‘olib bo‘lgan dzyudochi nimchorak finalga yo‘l oladi.

париж 2024, sport

париж 2024, sport

Soat 14:00 dan keyin O‘zbekiston bayroqdori, bokschi (-57 kg) Abdumalik Xalokovni 1/16 final bahsida shvetsiyalik Ibrohim Nebil bilan jang kutmoqda.

Kechki dasturlarda esa yana bir bokschi Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev nimchorak final bahslarida misrlik Elavadi Omarga qarshi ringga chiqadi.

париж 2024, sport

париж 2024, sport

Shuningdek, chorshanba kuni kamondan otish bo‘yicha bahslarda Amirxon Sadikov argentinalik Jajarabilla Mario Damianga qarshi o‘ynaydi. Bellashuv soat 16:15 lardan so‘ng boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Amirxon 25-iyul kuni 1-saralashdagi ishtirokida 72 urinishda 674 ochko jamg‘ardi va 13-o‘rinni egalladi. Uning raqibi esa saralash bosqichida 643 ochko bilan 52-pog‘onada ketayotgandi.

Saralashdan omadli o‘tgan yana bir mergan qiz Ziyodaxon Abdusattorova esa soat 18:00 dan so‘ng ishtirokini boshlaydi. U saralash bosqichida 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinni band qilgandi.