Prezident qarori bilan Matluba Manappovna Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Tayinlov 30-iyul kuni Senat raisi Tanzila Narbayeva va prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov ishtirokidagi yig‘ilishda amalga oshirildi.

Matluba Qahhorova shu paytga qadar Xalqaro islom akademiyasida professor bo‘lgan.

U yangi lavozimda 2019-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Dilbar G‘ulomovaning o‘rnini egalladi. G‘ulomova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilindi.