1-avgust — Parij Olimpiadasining 6-kunida O‘zbekiston terma jamoasi yana 3 ta sport turi: akademik eshkak eshish, dzyudo va boksda o‘z baxslarini davom ettiradi.

Soat 12:30 da akademik eshkak eshuvchi Anna Prakaten medallar uchun kurashni A, B yarim finalda davom ettiradi. Avvalroq o‘tkazilgan saralash bahslarida u o‘z guruhida marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgandi. Natija — 7:35.91 soniya.

Soat 13:00 dan keyin tomoshabinlarni dzyudochilar Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) va Irisxon Qurbonboyevaning (-78 kg) bahslari kutmoqda.

Muzaffarbek To‘raboyev o‘z yurishini nimchorak finaldan boshlaydi. Irisxon Qurbonboyeva esa nimchorak final bosqichida yaponiyalik Rika Takayama bilan to‘qnash keladi.

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport, Anna Prakaten

Soat 14:00 dan boshlab o‘zbekistonlik yana 4 nafar bokschi ringga ko‘tarilishni boshlaydi:

  • -50 kg: Sabina Boboqulova — Chuthamat Raksat (Tailand). 1/16 final, soat 14:16.
  • 63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Vyatt Sanford (Kanada). Chorak final, soat 15:50. Ruslan nimchorak finalda meksikalik Migel Ramiresni 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.
  • 66 kg: Navbahor Hamidova — Morelle Makkane (AQSh). 1/16 final, soat 19:50.
  • 92 kg: Lazizbek Mullojonov — Keno Marley Makado (Braziliya). Chorak final, soat 00:52. Lazizbek bungacha italiyalik raqibi Addos Mouhidinni mag‘lub etgan.

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport, Anna Prakaten

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport, Anna Prakaten

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport, Anna Prakaten

олимпия ўйинлари, париж 2024, sport, Anna Prakaten