Siyosat
Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va qaytayotib, Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. U bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshdi
O‘zbekistonda yengil avtomobillar uchun metanning 1-avgustgacha belgilangan 3750 so‘m miqdoridagi chakana narx cheklovi to‘xtatildi. Endi yonilg‘i quyish shoxobchalari narxni o‘zlari belgilaydi, u o‘rtacha 200−500 so‘mga ko‘tarildi. Propan narxi keskin oshib, ikki oy ichida 44 foizga yuqoriladi.
Iyul oyida deflyatsiya 0,3% bo‘ldi. O‘zbekistonda oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxi qanday o‘zgardi?
Iyulda O‘zbekistonda sabzavot va mevalar hamda deyarli barcha asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, sariyog‘ va guruchdan tashqari) narxlarining mavsumiy pasayishi fonida 0,28 foizli deflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 10,47% gacha sekinlashdi. Dori-darmon, poyezd va samolyot chiptalari, propan narxi oshdi.
“Metan narxini bozor belgilaydi” — bosh vazir matbuot kotibi
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda metan narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishini ma’lum qildi. Uning matbuot kotibiga ko‘ra, prezident topshirig‘iga bilan, non va g‘alla narxlarini erkinlashtirishda bo‘lgani kabi, bu sohada ham narxlarni raqobat asosida barqarorlashtirish choralari ko‘riladi.
Jamiyat
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — bu nega muammo va uni qanday hal qilish mumkin?
Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh — insoniyat tarixining deyarli barcha davru davlatlariga ma’lum, hozirda kurrai zaminning kamida 10 foiz aholisi hayotiga taalluqli bir fenomen. “Gazeta.uz” chor-atrofimizda hanuz uchrab turuvchi ushbu hodisa mohiyati va oqibatlarini o‘rganishga harakat qildi.
Foto: “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasidan reportaj
Tashkent City Mall’da “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimediaviy ko‘rgazma ochildi. Fotosuratlar, xatlar, videolar, hujjatlar, ovozli ma’lumotlardan iborat ekspozitsiya 1922-yili Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 73 nafar turkistonlik talaba haqida hikoya qiladi.
Afg‘onistonning Royal ichimligida me’yordan ortiq bo‘yoq borligi aniqlandi
Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan Royal anor sharbati tarkibidagi E122 azorubin bo‘yog‘i me’yordan oshib ketgan, deb xabar qildi Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasi. Ushbu bo‘yoq bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 sertifikatini talab qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlayotgan xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati 2025−2026 o‘quv yiliga qadar uzaytirildi. Ungacha B2 sertifikati bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.
Toshkentda YPX inspektorini mashinasida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi
Toshkentda YPX inspektorini avtomashinasi kapotida sudragan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, bir necha qoidabuzarliklar sodir etgan.
Samarqandda Nexia urib yuborishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi.
Tashabbusli budjetda ketma-ket g‘olib bo‘lgan mahallalar keyingi ikki mavsumda qatnashmaydi
Tashabbusli budjetda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi. Ovoz berishdan avval 7 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. Ovoz berish bosqichi 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Pora bilan ushlangan Asaka tumani prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi
Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi va tuman prokurori o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlangandi. Ular sud hukmi bilan 6 yil 1 oy va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Andijonda YTH oqibatida 61 yoshli haydovchi vafot etdi
Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi.
Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Matiz jarlikka quladi. Qurbonlar bor
Qamchiq dovonida tormozdagi nosozlik sabab yuk mashinasi, Matiz va Cobalt to‘qnashdi. Oqibatda ularning ikkitasi jarlikka quladi. Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
O‘zbekiston aholisi 37,1 million kishidan oshdi
2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisi 334 mingdan ziyodga ko‘payib, 37 million 134,2 ming kishini tashkil qildi. Ushbu olti oy davomida o‘lim darajasi so‘nggi 9 yilning birinchi olti oylari, shu jumladan, pandemiya davriga nisbatan eng yuqori bo‘ldi.
Poyezdlarning kupe vagonlari chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi
O‘zbekistonda poyezdlarning kupe vagoni chiptalari narxidan konditsioner uchun to‘lov chiqarib tashlandi va bu xizmat bepul bo‘ldi, deb xabar qildi Raqobat qo‘mitasi. Agar yo‘lovchilarda konditsioner ishlamayotgani haqida dalillar bo‘lsa, ularga kompensatsiya to‘lanadi.
Toshkentdagi “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlarida yangilangan navigatsiya paydo bo‘ldi
Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida yangilangan navigatsiya elementlari: yo‘nalishlar, bekatlar va shaharga chiqish belgilari o‘rnatildi. Ilk bor metroga kirish va chiqishni raqamlash joriy qilindi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin yer ostidan suratlar oldi.
Sport
Bokschi Shahram G‘iyosov Migel Parrani mag‘lub etdi, ammo hakam qarori tufayli g‘alaba xavf ostida qoldi (video)
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQShda Migel Parra ustidan g‘alaba qozondi. Yettinchi raundda G‘iyosov jigarga aniq zarba berdi, biroq hakam buni kamardan pastroqqa berilgan zarba deb hisobladi va undan ochko olib qo‘ydi.
Parijdagi Olimpiadaning 6-kuni: Anna Prakaten yarim finalda, 2 bokschi chorak finalda o‘ynaydi
Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining 6-kunida akademik eshkak eshuvchi Anna Prakaten yarim finalda qatnashadi. Dzyudochilar Muzaffarbek To‘raboyev va Irisxon Qurbonboyeva o‘z yurishini boshlaydi. Bokschilardan Lazizbek Mullojonov va Ruslan Abdullayev chorak, Sabina Boboqulova va Navbahor Hamidova 1/16 finalda bellashadi.
Muzaffarbek To‘raboyev — Olimpiada bronza medali sovrindori
O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) Parij-2024 Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!