Italiya Vazirlar Kengashi raisi Jorja Meloni 28−31-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va u yerdan qaytayotib, chorshanba kuni kechqurun Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. Uni aeroportda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.

Vazir o‘zining Telegram kanalida uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev nomidan ezgu tilaklar bildirganini yozdi.

“O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik aloqalari keng qamrovli bo‘lib, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Uchrashuvning boshqa tafsilotlari keltirib o‘tilmadi.