O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev 1-avgust kuni o‘z natijalariga ko‘ra Parij-2024 Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Dzyudo bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempioni, shuningdek, 100 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 2023-yilgi Osiyo o‘yinlari va 2024-yilgi Osiyo chempionati sovrindori 1/8 finalda Qozog‘iston vakili Nurlixon Sharxanni mag‘lub etdi.

Dastlab o‘zbekistonlik dzyudochi “vaza-ari” usulini amalga oshirgan bo‘lsa, raqib unga qarshi texnikani ishga soldi. Ammo To‘raboyev yakunda raqibini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik dzyudochi chorak finalda gollandiyalik Maykl Korrelga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. U ikkita deyarli bir xil texnikani amalga oshirib, yakunda ippon bilan hisobni ochdi — 1:0 (video).

Yarim finalda u amaldagi jahon chempioni, 2023-yilgi Yevropa chempioni, jahon va Yevropa chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi ozarbayjonlik Zelim Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqdi.

Raqiblar 2023-yilning fevralida Parijda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida to‘qnash kelgan, o‘shanda ozarbayjonlik sportchi g‘alaba qozongandi (10:1). Bu safar teng kurashda raqib mag‘lub bo‘ldi.

To‘raboyev bronza uchun jangda ikki karra jahon chempioni, asli gruziyalik bo‘lgan Ispaniya sharafini himoya qilayotgan dzyudochi Nikoloz Sherazadishvilini mag‘lub etdi (10:0). Muzaffarbek g‘alabani ko‘zyoshlar bilan nishonladi va murabbiyga minnatdorchilik bildirdi.

Mazkur bronza medali ortidan O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha jadvalda 22-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Foto

дзюдо, мuзаффарбек тўрабоев, олимпиада 2024, олимпиада о'йинлari 2024, пariж 2024

Surat muallifi: Anvar Ilyosov / MOQ.