1-avgust kuni O‘zbekistonda may oyi oxirida avtomobillar uchun metanning bir kubometri uchun 3750 so‘m miqdorida belgilangan maksimal chakana narxining amal qilish muddati tugadi (1-iyungacha narx 3350 so‘m edi).

Internet foydalanuvchilarining xabar berishicha, ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalarida narxlar 3950−4250 so‘mgacha ko‘tarilgan, vaholanki, ayrim viloyatlarda gaz hamon 3750 so‘mdan sotilmoqda.

Moliya vazirligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, endilikda tadbirkorlar yonilg‘i narxini o‘zlari belgilaydi. Gaz “zapravka” egalaridan birining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ularga “narxlarni ko‘tarmaslik haqida og‘zaki ko‘rsatma” kelib tushgan va hujjat taqdim etish va’da qilingan.

“Gazeta.uz” Energetika vazirligi bilan bog‘landi, biroq ular narx oshishiga izoh bermadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda propan narxining ko‘tarilgani haqida xabarlar ham bor. O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi (UzEx) ma’lumotlariga ko‘ra, suyultirilgan gaz (propan) narxi 1-iyun kuni bir tonna uchun 5,2 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1-iyulda bir tonna uchun 6,02 mln so‘mни tashkil qilgan, 31-iyulga kelib bu ko‘rsatkich 7 mln so‘mga ko‘tarilgan, ya’ni oyiga 25 foizga, ikki oyga 44 foizga oshgan. Xuddi shu xarajat yanvar oyi boshida, metan yonilg‘i quyish shoxobchalarining yopilishi yoki cheklanishi tufayli narxlar ko‘tarilgan edi.

Agar iyul oyining dastlabki ikki haftasida propan 1200−1600 tonna oralig‘ida birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lsa, 15-iyuldan boshlab hajm 1000 tonnadan oshmadi va hatto 800 tonnadan pastga tushdi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining (propan) qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib borayotganini bildirdi.