2024-yil mart oyida Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi va Asaka tumani prokurori o‘rinbosari qurilish firmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini o‘zgartirib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zarar summasini qayta nazorat-o‘lchov tadbirlari o‘tkazish orqali kamaytirib berish evaziga, ayblanuvchining yaqinlaridan 15 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.
Ularning ishi Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudida ko‘rib chiqildi. “Gazeta.uz” sud hujjatini o‘rgandi.
Sud hujjatida keltirilishicha, sudda Asaka tuman prokurori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan S.H. jinoyat sodir qilmagani, sudyadan oqlashni сўрaб, кўрсaтув bergan.
Sud Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi H.A. Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan aybli deb topilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ish doirasida sudlangan sobiq Asaka tumani prokurori o‘rinbosari S.H. ham Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. U 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.