Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir bronza medali yozildi: mazkur medalga dzyudochi Alisher Yusupov mualliflik qildi.

+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etdi.

Yusupov mazkur Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab, slovakiyalik Marius Fizelni yenggan va chorak finalga chiqqandi. Ammo u tojikistonlik Temur Rahimov bilan kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi.

25 yoshli dzyudochi so‘nggi ikki yildan beri jahon chempionatining 3-o‘rnini egallab kelayotgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Avvalroq Muzaffarbek To‘raboyev uchinchi o‘rinni, Diyora Keldiyorova esa Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Video

Foto

алишер юсuпов, дзюдо

алишер юсuпов, дзюдо

алишер юсuпов, дзюдо

алишер юсuпов, дзюдо

алишер юсuпов, дзюдо