Siyosat

dayjest

Qashqadaryodagi 4 ta tuman hokimlari qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan — Raqobat qo‘mitasi

Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari 19 ta holatda qonunga zid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Hujjatlar tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib kelishi mumkin deb topilgan.


Iqtisodiyot

dayjest

Iyunda O‘zbekiston oltin xarid qilish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biriga aylandi

Iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki Hindiston bilan birgalikda dunyoda oltinning asosiy ikki xaridoridan biriga aylandi.


dayjest

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi

Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov elektromobillar importiga boj joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlash malakali kadrlar shakllanishini ta’minlaydi. Iqtisodchilar esa boshqa mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.


Jamiyat

dayjest

Dam olish kunlari havo quruq va kam bulutli bo‘ladi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +34…+39, janubda va cho‘l hududlarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.


dayjest

Buxoro viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi qo‘shni Navoiy viloyatidagi ayrim hududlarda ham sezildi.


dayjest

Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi

Urganch aeroporti 5-avgustdan faoliyatini tiklaydi. Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash belgilangan muddatdan oldin yakunlandi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (3−4-avgust)

Blackpink guruhi konserti haqidagi film va boshqa yana oltita premyera, “Teplo” mahalliy brendlar yarmarkasi, “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko’rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda

Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda. Poytaxt deputatlari ish boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. O‘tish joylari manzillari ko‘rsatilmagan va shu sababli jamoatchilik va ekspertlar qarorning asosliligiga xavotir bildirmoqda.


dayjest

Toshkent va Namanganda Qirg‘izistondan olib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Toshkent va Namangan shaharlarida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan va savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Dori vositalari esa musodara qilindi.


dayjest

Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

Bulung‘ur tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi 1 mlrd 109 mln so‘mlik 1 mln 286 ming kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


dayjest

100 yil avval Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonlik talabalar nimalar haqida xat yozgan?

“Ovrupo va Amriqoga o‘quvchilar yuborishimiz lozim”, “Xalqimizni qanday bo‘lsa ham yorug‘liqqa chiqorish niyatidaman”, “Turkiston butunlik istaydi”. Bu — 1922-yilda Germaniyaga o‘qishga ketgan turkistonliklarning xatlaridan iqtiboslar. “Gazeta.uz” xatlarning ayrimlarini mushtariylar e’tiboriga havola qiladi.


dayjest

Andijonda totalizatorda yutqazgan 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi

Asaka tumanida 28 yoshli ayol o‘zini suvga tashlab, vafot etdi. U o‘limidan oldin onlayn o‘yinlarda “11 mln so‘m qarzga kirgani va oxirgi chora o‘lim” ekanini aytib, ovozli xabar qoldirgan.


dayjest

Toshkentdagi Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida yosh daraxt qo‘porildi, boshqalarining ildizlariga zarar yetdi

“Gazeta.uz” nashriga o‘quvchidan Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi rekonstruksiyasida daraxt ildizi qo‘porilgani haqida xabar kelib tushdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, ba’zi joylarda ekskavator kovshi yerni daraxt tanasiga yaqin joydan chopgan. Ekovazirlikka ko‘ra, ekoinspeksiya xodimlari holatni o‘rganmoqda.


dayjest

Chiroqchi hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi, vilhokimlik u jazoga tortilganini aytdi

Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.


Madaniyat

dayjest

Samarqandda Ayollar filmlari festivali bo‘lib o‘tadi

13−18-avgust kunlari Samarqand shahrida Global Janub ayol rejissyorlari kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo, Falastin, Vetnam, Gruziya va Hindiston mualliflarining hujjatli va eksperimental qisqa metrajli va badiiy filmlari namoyish etiladi. Dasturda master-klasslar va ma’ruzalar ham mavjud.


Sport

dayjest

Olimpiadaning oltinchi kuni: O‘zbekiston uchun dzyudoda bronza, boksda esa mag‘lubiyat

Olimpiadaning oltinchi kunida Muzaffarbek To‘raboyev bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bokschi Navbahor Hamidova chorak finalga chiqdi. Eshkak eshuvchi Anna Prakaten finalga chiqa olmadi. Bokschilar Sabina Boboqulova va Ruslan Abdullayev, shuningdek, dzyudochi Irisxon Qurbonboyeva musobaqadan chiqib ketdi.


dayjest

Parij-2024: 7-kunda yengil atletikachilar bahsga kirishadi, 3 nafar bokschi chorak finalda jang qiladi

Parij Olimpiadasining 7-kunida bokschilar Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov va To‘rabek Habibullayev chorak final jangini o‘tkazadi. Yengil atletikachi Sharifa Davronova va Safina Sadullayeva o‘z ishtirokini boshlaydi. So‘nggi dzyudochi Alisher Yusupov esa yakkalik bahslarining saralash bosqichida qatnashadi.


dayjest

Dzyudochi Alisher Yusupov Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi

Dzyudochi Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etdi. Shunday qilib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida barchasi dzyudochilar tomonidan qo‘lga kiritilgan 1 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud.


Jahon

dayjest

Rossiya va G‘arb keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvini amalga oshirdi. Nimalar ma’lum?

Anqarada Rossiya va G‘arb davlatlari (AQSh, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya) o‘rtasida siyosatchi, jurnalist, qator muxolifatchilar va boshqalardan iborat mahbuslar almashinuvi bo‘ldi. Jami 26 kishi: 10 kishi Rossiyaga, 13 kishi Germaniyaga, 3 kishi AQShga yuborildi. Batafsil.


dayjest

Turkiyada Instagram bloklandi

Turkiya rasmiylari kutilmaganda Instagram`ga kirishni blokladi. Regulyator blokirovkaning sabablari va muddatini aytmadi. Mamlakatda ushbu platformaning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!