Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati asosan kunduz kunlari +34…+39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +40…+42 darajagacha bo‘ladi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2−7 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 8−10 m/s gacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari +24…+26, kunduz kunlari +37…+39 daraja bo‘ladi.