1-avgust — Parij Olimpiadasining 6-kunida O‘zbekiston terma jamoasi akademik eshkak eshish, dzyudo va boks sport turlarida o‘z kuchini sinab ko‘rdi. Xususan, dzyudochilar Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) Parij-2024 Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritdi. U bronza uchun jangda ikki karra jahon chempioni, asli gruziyalik bo‘lgan Ispaniya sharafini himoya qilayotgan dzyudochi Nikoloz Sherazadishvilini mag‘lub etdi (10:0). Muzaffarbek g‘alabani ko‘zyoshlar bilan nishonladi va murabbiyga minnatdorchilik bildirdi.

Payshanba kungi dasturlarda ishtirok etgan boshqa sportchilar uchun Parij Olimpiadasi ertaroq yakun topdi.

Xususan, akademik eshkak eshuvchi Anna Prakaten yarim final bahsining 1-guruhda 4-bo‘lib marraga yetib keldi. Ushbu natija bilan Prakaten B finalida qatnashadigan bo’ldi. Bu unga medallar uchun kurashish imkoniyatini bermaydi.

Dzyudochi Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) chorak final yo‘lida yaponiyalik Rika Takayama bilan bellashdi. Afsuski, bahs kunchiqar yurt vakilining g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik dzyudochi qizlar yakkalik bellashuvlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Boks natijalari:

66 kg: Navbahor Hamidova chorak finalga yo‘l oldi. U АҚШ vakili Morelle Makkenega qarshi ringga ko‘tarilib, ajoyib g‘alabaga erishdi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun 3-avgust kuni jang qiladi.

-50 kg: Sabina Boboqulova Olimpiya o‘yinlarida debyut qildi. U ailandlik Chutxamat Raksat bilan jang qilib, imkoniyatni boy berdi va shu nuqtada Olimpiadadagi ishtirokini to‘xtatdi.

63,5 kg: Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Chorak finalda kanadalik Uayt Stenford bilan jang qilgan Abdullayev imkoniyatni boy berib, Olimpiadadagi ishtirokini tugatdi. Ruslan nimchorak finalda meksikalik Migel Ramiresni 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.