2-avgust kuni O‘zbekistonda epitsentri Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelgan yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila markazi — viloyatning G‘ijduvon tumani (2 ball). Koordinatalar: 40,42 gradus shimoliy kenglik; 65,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4,4. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr Toshkentdan 351 km janubi-g‘arbda.

Zilzila kuchi, shuningdek, Navoiy viloyatidagi ayrim hududlarda sezildi: Navbahor tumani (2−3 ball), Navoiy shahri va Karmana tumani (2 ball).