3-avgust, Parij Olimpiadasining 8-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta sport turi, xususan, dzyudo, boks, velosport va akademik eshkak eshish bahslariga kirishadi. Unda 5 nafar atlet va aralash jamoaviy dastur ishtirokchilari qatnashadi.

Dzyudo

Soat 11:00 dan so‘ng. Qur’aga ko‘ra, jamoa 1/8 finalda Kanadaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv uchun jamoalarning tarkibi quydigacha:

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

  • -57 kg: Shukurjon Aminova — Krista Deguchi
  • -73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Artur Marjelidon
  • -70 kg: Gulnoza Matniyazova — Katerin Boshnen-Pinar
  • -90 kg: Davlat Bobonov — Fransua Gote-Drapo
  • +70 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Lora Isasi
  • +90 kg: Alisher Yusupov — Shadi El Nahas.

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

Akademik eshkak eshish

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

Soat 12:55 da Anna Prakaten (B final). U yarim final bahsining 1-guruhida 4-bo‘lib marraga yetib kelgandi. Ushbu natija bilan Prakaten B finalida qatnashadigan bo‘lgan. Bu unga medallar uchun kurashish imkoniyatini bermaydi.

Velosport

So‘nggi pallada terma jamoa tarkibida o‘zgarish bo‘lib, Dmitriy Bocharov o‘rniga jismoniy holati bugungi kunda yuqoriroq bo‘lgan Nikita Svetkov ro‘yxatdan o‘tkazilgan. U soat 14:00 da guruh poygasi bahslarida qatnashadi.

Boks

Soat 18:30 da O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Abdumalik Xalokov (-57 kg) chorak final doirasida 26 yoshli ispaniyalik Xose Kuilesga bilan jang qiladi.

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

24 yoshli Xalokov 2023-yilda jahon chempioni, 2018-yilda Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati va o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi. U kattalar olimpiadasidagi debyutini -57 kg vazn toifasida 1/8 finalda shvetsiyalik 23 yoshli Nebil Ibrohimga qarshi o‘tkazdi va g‘olib bo‘ldi.

Soat 19:15 da Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning (71 kg) 2023-yilgi Yevropa o‘yinlari va yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi, 23 yoshli daniyalik Nikolay Terteryanga qarshi chorak final bahsini tomosha qilamiz.

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

Osiyo chempionati bronza medali sohibi va jahon chempioni, 23 yoshli bokschi Muydinxo‘jayev 1/8 finalda Afrika saralash turniri g‘olibi, 24 yoshli Omar Elavadyni mag‘lub etgandi — 5:0.

Soat 00:35 da Navbahor Hamidova (66 kg) Xitoy Taipeyi vakili Chin Niyen Chen bilan chorak final bahsini o‘tkazadi.

олимпиаda o‘yinlari, париж-2024

Hamidova bundan avval AQShlik Morelle Makkenega qarshi ringga ko‘tarilib, ajoyib g‘alabaga erishgandi.