So‘nggi 1 oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar oqibatida davlat manfaatlariga 234 mlrd 778 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya”.

Iyul oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 801 ta holatda iste’molchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Bunda 115 mlrd 213 mln so‘mlik elektr (169 mln 492 ming kilovatt-soat) va 119 mlrd 564 mln so‘mlik tabiiy gaz (53 mln 552 ming metr kub) talon-toroj qilingan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Xususan, 412 ta holatda elektr energiyasi, 63 ta holatda esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dastlabki 6 oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgan.