O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Parij-2024 Olimpiadasi finaliga chiqdi va o‘ziga kamida kumush medalini kafolatladi.

4-avgust kuni 51 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 2016-yilgi Olimpiada chempioni, “professor” laqabi bilan tanilgan Do‘smatov yarim final bahsida Kabo-Verdelik David de Pinani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi — 5:0.

Finalda 30 yoshli o‘zbekistonlik sportchi jahon chempionatining ikki karra bronza medali sovrindori, Yevropa o‘yinlari chempioni, Yevropa chempioni 26 yoshli fransiyalik Billal Bennama bilan kuch sinashadi.

“Oltin” uchun kurash 9-avgustga o‘tar kechasi soat 01:34 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 7 nafar vakilidan 5 nafari Olimpiya o‘yinlarining yarim final bosqichiga yo‘l olgan va medallarni kafolatlagan edi.

Jang videosi

Foto

boks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматов

boks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматов

boks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматовboks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматов

boks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматов

boks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматов

boks, олимпия o‘yinlari, париж-2024, ҳасанбой дўсматов