O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov Parij-2024 Olimpiadasi finaliga chiqdi va o‘ziga kamida kumush medalni kafolatladi.

4-avgust kuni 92 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Osiyo chempioni, harbiylar o‘rtasida jahon chempioni, 2022-yilgi jahon chempionati bronza medali sovrindori yarim finalda Osiyo o‘yinlari chempioni tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘zbekiston vakili 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Finalda unga asli kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik bokschi, 2021-yilgi jahon chempioni va 2023-yilgi jahon vitse-chempioni, Tokio-2020 o‘yinlari bronza medali sovrindori Lauren Alfonso Dominges raqiblik qiladi.

“Oltin” uchun jang 10-avgustga o‘tar kechasi soat 01:34 da bo‘lib o‘tadi.

Bungacha Hasanboy Do‘smatov 51 kilogramm vazn toifasida finalga o‘tgandi. Erkaklar terma jamoasining yana uch nafar vakili yarim final janglarini o‘tkazadi.

Jang videosi

Foto

бокс, лазизбек мулложонов, олимпиаda o‘yinlari, париж-2024