5-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida yuk mashinasi ko‘prikka urilgani aks etgan video tarqaldi.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa o‘sha kuni soat 04:00 atrofida tumanning Sanoat mahallasidan o‘tgan 4R-116 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

22 yoshli A.S. Howo yuk avtomashinasini boshqarib kelayotib, uxlab qolgan. So‘ngra temiryo‘l ko‘prigiga borib urilgan. Oqibatda yuk mashina hamda ko‘prik zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar bo‘lmagan, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tuman Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan.