Tarmoqlarda Samarqand viloyatida Isuzu rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 5-avgust kuni soat 14:00 da Payariq tumani “Go‘zal” MFYda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:05 da yetib borib, yong‘in soat 14:30 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

isuzu, yong‘in

Tarqalgan videolarda yonib ketgan Isuzu yaqinidagi Cobalt ham zarar ko‘rganini ko‘rish mumkin.