Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi, deb xabar qildi Akorda matbuot xizmati.

️Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

закоvaт, саида мирзиёеva, қосим-жомарт тоқаев

“️Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ittifoqchilik va strategik xususiyatini qayd etib, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun prezident adminstratsiyalari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish muhimligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

Axborot, mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalari, yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga ham e’tibor qaratildi.

️Qozog‘iston prezidenti 5-avgust kuni Ostona shahrida “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tayotganini olqishladi va bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.