Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflaridan 30 foiz chegirma taqdim etamiz, deb yozdi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Chegirmali aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, kompaniya ilovasi va agentlari, Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.

Yo‘lovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 30 foizlik chegirma amal qilmaydi, deya aniqlashtirdi aviakompaniya.