Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Bektemir, Yangihayot va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 6-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar qildi.

Bektemir tumani (soat 09:00 dan 17:00 gacha). Aholi iste’molchilari soni:

  • “Oltintopgan” MFYdagi 322 ta yerli xonadon;
  • “Zabardast” MFYdagi 45 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni: 5 ta

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha). Aholi iste’molchilari soni:

  • “Xo‘ja Uchqun” MFY Markaziy ko‘chasidagi 45 ta yerli xonadon.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha). Aholi iste’molchilari soni:

  • “Madaniyat” MFY Qo‘yliq 5-mavzesidagi 28 ta ko‘p qavatli uylardagi 1851 ta xonadon;
  • “Xalqobod” MFY Qo‘yliq 5-mavzesidagi 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 1189 ta xonadon;
  • “Birdamlik” MFY Qo‘yliq 6-mavzesidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1483 ta xonadon;
  • “Shukrona” MFY Qo‘yliq 7-mavzesidagi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 641 ta xonadon;
  • U.Mahmudov ko‘chasidagi 210 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni: 32 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilingan.