5-avgust kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kishiga nisbatan sud yakunlanib, ularga hukm o‘qildi. Ayrim sudlanuvchilarga 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. Bir nafar sudlanuvchi jazodan ozod qilindi. Shuningdek, bir qancha sudlanuvchilarga axloq tuzatish ishlari hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi. Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi raisi Murod Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi. “Gazeta.uz” muxbiri jarayonda qatnashdi.

Sud hukmiga ko‘ra:

Saidaziz Saidaliyev (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining:

  • 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik);
  • 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik);
  • 242-moddasi 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat);
  • 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
  • 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari,
  • 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

G‘.O‘rinboyev (1980-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining:

  • 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari (Tuhmat);
  • 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik);
  • 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik);
  • 25,168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari;
  • 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish);
  • 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

U. Raximov (1979-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining:

  • 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari (Tuhmat);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik);
  • 168-modda 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik);
  • 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish);
  • 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M.Mirxodjayev (1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sh. Samiyev (1980-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A.Akramov (1991-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

I.Satvaldiyev (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

F.Alimov (1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

R.Bobonazarov (1995-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

L.Shomurodov (1995-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sh.Quvatov (1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

U.Mahmudov (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B.Erkinov (1992-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A.Yuldashev (1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S.Usmonov (1994-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D.Umirzakov (1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D.Badalov (1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D.Xoshakov (1994-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B.Mo‘minov (1995-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D.Yunusov (1992-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D.Sultanov (1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil 6 oy 29 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B.Samadov (1986-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

X.Riskiyev (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A.Nurmatov (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi sababli jazodan ozod qilindi.

B.Rahmonov (1997-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 105 105 000 so‘m miqdorida jarima va ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 8 oy 27 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

N.Tulyaganov (1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 90 750 000 so‘m miqdorida jarima va ish haqining 10 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy 20 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

T.Abdumalikov (1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) va 241-moddasi 1-qismi (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 132 000 000 so‘m miqdorida jarima va 2 yil 5 oy 13 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Yo.Sotivoldiyev (1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil 4 oy 25 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Z.Qayumov (1981-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil 3 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sud jarayoni yakunida sudlanuvchilar S.Saidaliyev, U.Maxmudov, B.Erkinov, M.Mirxodjayev, A.Yuldashev, D.Yunusov, R.Bobonazarov, L.Shomurodov, Sh. Samiyev, B.Muminov, I.Sativaldiyev, D.Sultanov, B.Samadov, X.Riskiyev, A.Akramov va G‘.O‘rinboyevdan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Boshqa jabrlanuvchilar va manfaatdor shaxslarga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlar bo‘yicha hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Sudlanuvchi Saidaziz Saidaliyev tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida apellyatsiya tartibida yoki hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida Toshkent shahar sudiga shikoyat berishi, prokuror protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.