7-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ostonaga yetib bordi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Ostona xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi.

Ertaga ikki mamlakat rahbarlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

Foto

марказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистонмарказий осиё, prezident, япония, қозоғистон