Toshkent shahri Sergeli tumanida 4-avgust kuni voyaga yetmagan bola yuqori qavatdan tushib ketdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

S.X. (2009-yilda tug‘ilgan) ehtiyotsizligi oqibatida 5-qavatdagi yashash xonadoni derazasidan yerga yiqilgan. U shifoxonada vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, marhum 2-guruh nogironi bo‘lgan, shunindek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida ro‘yxatda turgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.