Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Click manifesti barcha Click foydalanuvchilari uchun hurmat izhori, shuningdek, u kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga nima ilhomlantirayotgani haqidagi hikoya hamdir.

“O‘zing zo‘rsan-da”

“Zo‘rlik yoki „vau“ o‘zi nima? U aynan yirik, boy yoki modaga oid bo‘lishi shartmi? Faqat jamiyat tan olgan, mashhur yoki zamonaviy kasb bilan shug‘ullanuvchi insonlar zo‘r deb hisoblanadimi? Zo‘rlikning tashqi ko‘rinishga, kasbga, xulq-atvor yoki turmush tarziga talablari bormi? O‘ylab qarasa, insonlar zo‘r narsalarni kuniga bir necha martalab amalga oshirishadi. Kichik bo‘lsa-da muvaffaqiyat qozonganimizda, qo‘limdan kelmaydi, deb o‘ylagan biror narsani amalga oshirganimizda biz o‘zimizni maqtab turamizmi?”.

Bugun Click har bir foydalanuvchiga zo‘rligini va zo‘r lahzalarni o‘zlari yaratishini eslatmoqchi. Kompaniya har kuni ko‘chada uchratish mumkin bo‘lgan millionlab odamlar ilovasi o‘rnatilgan telefonni ko‘tarib yurishidan va bu ularni darhol super foydalanuvchiga aylantirib, ularga ishonch bag‘ishlashidan ilhomlanadi. Zero uni har bir o‘zbekistonlik dunyo fintexining bir qismi bo‘lib, peshqadam IT yutuqlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lishini xohlovchi odamlar ishlab chiqadi. Click yordamida hatto murakkab muammo ham zo‘r va butunlay sodda hal qilinish mumkinligi kompaniyaga zavq bag‘ishlaydi.

“Siz bizni ilhomlantirasiz, biz sizga ishonamiz. O‘zing zo‘rsan-da”, — o‘rtoqlashdi Click.

Brendning mazkur bayonoti — bu Click kompaniyasining deyarli 13 yillik tarixining davomidir.

“Aynan shu hissiyot va fikr hatto kompaniya keskin o‘sganidan keyin ham xodimlarning ishtiyoqini saqlab qolishga yordam bergan. Shu bilan birga, foydalanuvchilar uchun nafaqat qulay ilova yaratish, balki ularni ilhomlantirishga ham yordam beradi. Aynan shu manifestning asosini tashkil etdi. Brend doimo mazkur tamoyillar asosida yashab kelgan va bugun Click bu haqda batafsil gapirib berayotgani juda yaxshidir”, — deya e’lon qilingan videorolikni izohladi Click marketing departamenti direktori Yuliya Minnullina.

Sayt: click.uz
Facebook: fb.com/click.uz
Instagram: @clickuz
Telegram-boti: t.me/clickuz

Reklama huquqlari asosida.